Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 28 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 21,97 so‘mga pasaydi va 10 648,03 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 11,39 so‘mga ko‘tarildi va 12 582,78 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,32 so‘mga ko‘tarildi va 144,82 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 12,65 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 670,00 so‘mni tashkil qilgandi.