Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 27 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 22,99 so‘mga ko‘tarildi va 10 657,35 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 52,65 so‘mga ko‘tarildi va 12 572,48 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,17 so‘mga pasaydi va 143,91 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 18,87 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 634,36 so‘mni tashkil qilgandi.