Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 26 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 18,87 so‘mga ko‘tarildi va 10 634,36 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 26,46 so‘mga ko‘tarildi va 12 519,83 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,13 so‘mga pasaydi va 144,08 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 16,83 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 615,49 so‘mni tashkil qilgandi.