Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 23 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 12,72 so‘mga pasaydi va 10 598,66 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 43,64 so‘mga pasaydi va 12 484,16 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,01 so‘mga pasaydi va 142,23 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 14,59 so‘mga pasayib, jami 10 611,38 so‘mni tashkil qilgandi.