Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 19 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 14,59 so‘mga pasaydi va 10 611,38 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 32,10 so‘mga pasaydi va 12 527,80 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,21 so‘mga pasaydi va 143,24 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 24,69 so‘mga pasayib, jami 10 625,97 so‘mni tashkil qilgandi.