Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 16 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 9,34 so‘mga pasaydi va 10 650,66 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 40,11 so‘mga ko‘tarildi va 12 613,58 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,04 so‘mga pasaydi va 143,75 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 10,91 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 660,00 so‘mni tashkil qilgandi.