Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 15 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 10,91 so‘mga ko‘tarildi va 10 660,00 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 38,25 so‘mga pasaydi va 12 573,47 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,05 so‘mga ko‘tarildi va 143,79 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 12,09 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 649,09 so‘mni tashkil qilgandi.