Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 5 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 25,95 so‘mga ko‘tarildi va 10 613,54 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 3,20 so‘mga pasaydi va 12 548,39 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,10 so‘mga ko‘tarildi va 143,98 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 3,41 so‘mga pasayib, jami 10 587,59 so‘mni tashkil qilgandi.