Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 30 iyundan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 18,47 so‘mga ko‘tarildi va 10 605,30 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 7,65 so‘mga pasaydi va 12 629,85 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,34 so‘mga pasaydi va 146,39 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 10,83 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 586,83 so‘mni tashkil qilgandi.