Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 24 iyundan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 9,48 so‘mga pasaydi va 10 571,88 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 48,99 so‘mga ko‘tarildi va 12 623,88 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,00 so‘mga ko‘tarildi va 145,58 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 5,49 so‘mga pasayib, jami 10 581,36 so‘mni tashkil qilgandi.