1 iyundan boshlab Toshkent botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun «xavfsiz hudud» deb e’lon qilindi, deya xabar berdi bog‘ rag‘bariyati.

Bog‘ hududida endi velosiped, samokat va skuterlarda harakatlanish taqiqlanadi.

Qaror yosh bolalar, keksalar va boshqa tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratish uchun qabul qilindi, deb ta’kidlandi xabarda.