Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda salqin ichimliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Moxito


Moxito — muz bo‘lakchalarini o‘z ichiga olgan, gazli salqin ichimlik bo‘lib, nordon laym yoki limon va xushbo‘y yalpiz aralashmasi hisoblanadi. Ichimlik proporsiyasini o‘z ta’bingizga qarab o‘zgartirishingiz mumkin.

Mevali kompot


Kompot — foydali va mazali ichimlik bo‘lib, uni barcha mavsumda tayyorlash mumkin, ayniqsa yozda unga teng keladigani yo‘q. Ammo ushbu ichimlikni tayyorlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan kichik sirlar mavjud.

Banan va sutli kokteyl


Bolalaringizni qanday xursand qilishni bilasizmi? Ularga mazali va foydali sutli kokteyl tayyorlab bering. Buning uchun sizdan faqatgina 3 ta masalliq, blender va yaxshi kayfiyat talab etiladi.

Qulupnayli moxito


Qulupnayli moxito — bu klassik moxitoning qulupnay ta’miga ega eng zo‘r varianti. U o‘zining ajoyib rezavor meva ta’mi bilan ajralib turadi va uy sharoitida oson tayyorlanadi.

«Oreo» milksheyki


Hozirgi kunda ommalashgan va sevib iste’mol qilinadigan ichimliklardan biri bo‘lmish, «Oreo» milksheykining retseptini bugun sizlarga taqdim etamiz.

Qulupnay va yalpizli limonad


Qulupnay va yalpizli limonad nafaqat mazasi, balki ajoyib yorqin ko‘rinishi bilan ham kayfiyatni ko‘tara oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15