Seshanba kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov 2020 yilda tez tibbiy yordamga 14,5 milliondan ortiq bemor murojaat qilganini ma’lum qildi.

«Shulardan 11 millionga yaqini tez tibbiy yordam „103“ xizmati bo‘yicha va 3,5 millionga yaqini statsionar tuzilmalarga murojaat qilishgan», — dedi u.

U shuningdek, tez tibbiy yordam faoliyatida «Damas» avtomobillaridan butunlay voz kechish reja qilinayotganini ma’lum qildi.

«Hukumat tomonidan tez tibbiy yordam xizmati 2085 ta ixtisoslashgan tez tibbiy yordam mashinasi sotib olingan. Hozirda 2842 ta tez tibbiy yordam mashinasi ishlamoqda. Shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirishning dolzarb vazifasi — „Damas“ rusumli avtomashinalardan bosqichma-bosqich voz kechish hamda ularni B va S klassidagi tibbiy transport vositalariga almashtirishdir. Agar 2016 yilda tez yordam xizmati avtoulov parkini asosi „Damas“ avtomobillaridan tashkil topgan bo‘lsa, hozirgi kunda tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlangan B va S klassiga mansub reanimobillar soni 549 taga yetdi. Yaqin kunlarda barcha „Damas“ avtomashinalari 1000 dona B klassiga mansub zamonaviy mashinalar sotib olinishi hisobiga almashtiriladi», — dedi To‘laganov.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li va cho‘l hududlariga maxsus mashinalarni yetkazish ko‘zda tutilgan aytildi.

«Bundan tashqari, tog‘li va cho‘l hududlariga yuqori o‘tuvchanlikka ega „Sоболь“ va „GAZel Next“ tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlash boshlangan. Bu yilning zida 100 dona miqdorida yetkazish kutilayapti», — dedi ilmiy markaz rahbari.

Ta’kidlanishicha, shu turdagi avtomobillardan 16 tasi o‘tgan oy olib kelingan va foydalanish uchun hududlarga tarqatilgan.