Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 22 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 14,25 so‘mga qimmatladi va 10 552,01 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 36,63 so‘mga pastladi va 12 669,80 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,09 so‘mga pastladi va 137,11 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 12 so‘mga qimmatlab, jami 10 537,76 so‘mni tashkil qilgandi.