Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, qulashi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi va 61 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 9.00 da «Datsin» tunnelidagi Xuayalyan okrugida sodir bo‘lgan. Poyezd 350 yo‘lovchiga mo‘ljallangan sakkizta vagondan iborat edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd tunneldagi yo‘llarni toshlardan tozalayotgan uskunalar bilan to‘qnashgan. Natijada ikkinchi va uchinchi vagonlar relsdan chiqib ketgan.

Dastlabki uchta vagondan 60 kishi chiqarilgan, to‘rtinchi va beshinchi vagonlar jiddiy shikastlangan, qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vagonlar bloklanganligi sababli 72 kishi u yerdan chiqa olmayapti.

Voqea sodir bo‘lgan joyda hayot alomatlari bo‘lmagan odamlar ko‘pligi aytilmoqda.