«Uzcard» kartalari orqali jamoat transportlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun yana bir qulaylik yaratildi, deya xabar berdi «Uzcard».

Endi ATTO kartalaridan tashqari, «Uzcard-Mastercard», «Uzcard-MIR» va «Uzcard-UnionPay» kobeyjing kartalari ham to‘lov uchun qabul qilinadi.

Yangi xizmat ATTO tizimi va O‘zbekiston transport vazirligining hamkorligi natijasida yo‘lga qo‘yildi.