17-dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. Chiptalarni kassalardan xarid qilish mumkin, deya xabar bermoqda majmua ma’muriyati.

Bayram chiptalari narxi:

  • 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul;
  • 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 000 so‘m;
  • 12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m;
  • Pensionerlarga — 5 000 so‘m (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda);
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda);
  • Yengil avtomobilda kirish — 20 000 so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Tashkent City XIM direksiyasi direktori Bahrom Rizayevning buyrug‘iga ko‘ra, hiyobonga kirish 10-yanvarga qadar pullik etib belgilandi.