14 dekabr kuni futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasining 2020/2021 yil 1/8 final uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, keyingi bochqich uchrashuvda quyidagi klublar to‘qnashadigan bo‘ldi:

Foto: UEFA.com

  • Borussiya M — Manchester Siti
  • Latsio — Bavariya
  • Atletiko M — Chelsi
  • Leypsig — Liverpul
  • Portu — Yuventus
  • Barselona — PSJ
  • Sevilya — Borussiya Dortmund
  • Atalanta — Real Madrid

1/8 finalning dastlabki bahslari 16, 17, 23 va 24 fevral kunlari o‘tkaziladi. Javob o‘yinlari esa 9, 10, 16 va 17 martga belgilangan.