Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda go‘shtli taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Turkcha usulda pishirilgan no‘xat


Mazali va xushbo‘y isga ega turk oshxonasiga mansub taom — turkcha usulda pishirilgan no‘xot. Bu taom shunday natijani beradiki, bunda siz sarflagan vaqtingizga umuman achinmaymiz.

Go‘sht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya


Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda to‘yimli va foydali taom ham hisoblanadi.

Go‘sht Say


Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo‘lib, buning uchun bizga — qozon, go‘sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo‘ladi.

Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go‘shtli taom


Hildirab pishgan mana bunday ko‘rinishdagi taom har qanday ob-havoda ham kayfiyatingizni ko‘tarishi aniq. Bunda go‘shtni kesish shart ham emas, o‘zi yoyilib ketadi.

Sabzavotlar bilan pishirilgan go‘sht


Bozor rastalari turli-tuman sabzavotlaru ko‘katlar bilan limmo-lim bo‘lib, bunday mazali taom tayyorlashning hozir ayni payti.

Iskandar-kabob


Taomning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u doim yogurt yoki nordon qayla bilan birga dasturxonga tortiladi. Bu esa go‘shtning ta’mini yaqqol bildirishga yordam beradi.

Gaz pechida pishirilgan qo‘y kuragi


Bunday usulda tayyorlangan go‘sht hil-hil bo‘lib pishadi va og‘izda erib ketadi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15