Air Arabia aviakompaniyasi endilikda Abu-Dabi va Toshkent shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshiradi, deya xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.

9 sentyabrda «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan Air Arabia kompaniyasiga «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Ruxsatnoma O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida imzolangan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida taqdim etildi.

Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320−214 havo kemalarida amalga oshiradi.