Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Ubaydullayevich Abdullayev 6 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

O‘lim sababi ikkitomonlama interstitsial pnevmoniya.

Dehqonboy Abdullayev 1974 yil 19 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Prokuratura organlaridagi faoliyatini 1998 yil boshlagan. Qarshi maxsus prokurori lavozimiga 2019 yilda tayinlangan edi.