25 avgust kuni O‘zbekistonda 316 holatda kasallik qayd etildi, bu esa so‘nggi kunlardagi eng past ko‘rsatkichdir, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bugun Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytgacha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlarida jami 432 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 664 nafar bemordan 35 983 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 394 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.