Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 10 avgust kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 21,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 231,71 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 38 so‘mga qimmatladi va 12 059,09 so‘mga baholanmoqda;
  • 1 Rubl 1,19 so‘mga yuqoriladi va 138,65 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 2 so‘mga qimmatlab, jami 10 209 so‘mni tashkil qilgandi.