«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda siz hech ham tayyorlab ko‘rmagan 7 ta noodatiy desert retseptlarini taqdim etadi.

Qorag‘atdan zefir tayyorlash

Zefirni uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lsa kerak deb biror marta o‘ylab ko‘rganmisiz? Zira bilan hamma narsani uddasidan chiqasiz. Buning uchun biroz sabr va vaqt bo‘lsa kifoya, qarabsizgi ajoyib shirinlik dasturxoningizga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Keyk-popslar

Keyk-pops — shokoladli glazur bilan qoplangan, tayoqchaga tiqilgan biskvitli koptokchalar bo‘lib, bunday ajoyib desertni tanavvul qilish hech kimga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ularni hatto yo‘lda ham iste’mol qilish mumkin.

«Ptiche moloko» torti

«Ptiche moloko» torti — ancha yillardan beri sevimli bo‘lib kelayotgan shirinliklardan biri hisoblanadi. Uning tez va oson tayyorlanilishiga esa ko‘pchilikning ishongisi kelmaydi.

Tayoqchali merenga bezesi

Umuman olganda bu shirinlikni qandolatchilar uchun haqiqiy topilma desak bo‘ladi. Ular tayyorlanish jihatidan oson, lekin o‘z qonun qoidalariga ega.

Pechene «Yurakchali odamchalar»

Pechenelar juda oddiy va mazali bo‘lib, ularni tayyorlash uchun faqatgina odamcha va yurakcha shaklidagi kesish uchun mo‘ljallangan qolipchalar kerak bo‘ladi.

«Bashorat qiluvchi» pechenelar

Ha-ha, bu sizni kuldiradigan yoki o‘yga soladigan o‘sha pechenelar. Bu yerda sizning bashoratlar haqidagi g‘oyalaringiz umuman chegara bilmaydi. Masalan, siz insonlarga biron-bir yaxshi tilaklardan tilashingiz ham mumkin.

«Yurakcha» torti

Harflar yoki raqamlar ko‘rinishadagi tortlar ommaviy urfga aylangan tortlar hisoblanadi. Ular Isroillik pazanda-qiz Adi Klingxofer sharafi bilan shunday mashhur bo‘lib ketdi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15