19 iyul kuni O‘zbekistonda 566 holatda koronavirus qayd etilib, jami holatlar 16752 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 110 tasi karantin muassasalarida, 456 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 152 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 16752 nafar bemordan 9279 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 7386 nafar bemordan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 62 304 nafar, statsionar karantinda esa 22 159 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.