1 sentyabrdan boshlab barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi, deya xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

  • auksionda shaxsini identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;
  • davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;
  • savdolarda mavjud bo‘lgan lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.