Koronavirus tarqalishi xavfsi sababli Toshkentda barcha jamoat transporti faoliyati to‘xtatildi. Poytaxt aholisi va mehmonlari taksi xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Taksilar litsenziyalangan va dezinfeksiya qilingan bo‘lishi kerak.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab ko‘ngilochar maskanlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari (yetkazib berish xizmatlaridan tashqari) yopildi. Aholi, ayniqsa 65 yoshdan oshgan hamda surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarga uylarini tark etmaslik tavsiya qilindi. Jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalarisiz (niqobsiz) yurish taqilandi.

Yakshanba kuni “Gazeta.uz” muxbiri Shuxrat Latipov Toshkentning bir necha qismlarida bo‘lib, bo‘shab qolgan shaharni tasvirga oldi.

Ko‘chalarda sezilarli darajada kamroq mashinalar va ko‘proq velosipedchilar bor edi.

Avtobus bekatlarida deyarli odamlar yo‘q.

“Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi yo‘lak.

Avtobuslarning yo‘qligi taksi xizmatlariga talabning oshishiga olib keldi.

Yopiq metro kassasi.

Buyuk Ipak Yo‘li metro bekatiga kirish.

Umumiy ovqatlanish joylarida buyurtmalar eshikdan olinmoqda.

Oloy bozori yakshanba uchun noodatiy darajada bo‘sh.

Oloy bozori qarshisidagi bekatlar odatda odamlar bilan gavjum bo‘lar edi.

Yo‘lda odamlar taksi tutmoqda.

“Amir Temur Hiyoboni” metro bekatidagi yer osti yo‘lagi.

Brodveyda (Sayilgoh ko‘chasi) bir necha kishi velosiped haydamoqda.

Ba’zi tadbirkorlar velosiped ijarasini to‘xtatib qo‘yishdi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kam sonli esdaliklar do‘konlaridan biri.

Taksi haydovchilaridan biri yakshanba kuni deyarli buyurtma bo‘lmaganini aytdi.

Restoranlar faqat yetkazib berish yo‘li bilan ishlamoqda.

Kompyuter klubi dastlab tashrif buyuruvchilarga faqat niqoblarda ruxsat bergan, keyin esa karantindan chiqarilgan.