10 mart kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 17 yoshli o‘quvchi qiz o‘z uyidagi issiqxonada osilgan holatda topildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

«Gazeta.uz»ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, fojiali holatdan bir oz avval uning ishtirokidagi uyatli videoning tarqalgani hodisaga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya hamda mahalla va oila masalalari bo‘limida xizmat tekshiruvi tayinlandi.