Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston tumanining tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bo‘limi hamshiralari A.I. va R.Q. fuqaro G. T.ning 5 kunlik o‘g‘il farzandini tug‘ruqxona bo‘limida fuqaro M.R.ga 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va R.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.