Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 8 yil davomida 3 nafar qo‘shnisining turli yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirgan Zohid Otabekovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Avvalroq tergov jarayonida Zohid Otabekov (1988 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani «Xonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan) voyaga yetmagan Sh. M. (2003 y. t.), Yo. U. (2005 y. .) va O.S.ni (2014 y. t.) qasddan o‘ldirib, ularning jasadlarini o‘z hovlisiga ko‘mgani aniqlangan edi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qism «a» va «v» bandlari bo‘yicha (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsni va aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Jinoyat tafsilotlari bugun O‘zbekiston 24 telekanalida Toshkent vaqti bilan 18:10 da efirga uzatiladigan «Qonun nomi bilan» ko‘rsatuvida efirga uzatiladi.