5 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan ishni ko‘rib chiqadi, deya xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi ostida ko‘rib chiqiladi.