Havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan O‘zbekiston poytaxtidagi tibbiyot muassasalarida aniq yashash joyi bo‘lmagan shaxslarning isinib olishlari va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun joylar ajratildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB. Toshkent hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va IIBB ushbu tashabbus bilan chiqdi.

30 yanvar kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shahar ko‘chalarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida tibbiyot muassasalariga 20 dan ortiq kishi yetkazildi.

IIBB Toshkent Sog‘liqni saqlash boshqarmasining aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar isinishi va birinchi yordam olishi mumkin bo‘lgan tibbiyot muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi:

  • Bektemir tumanidagi 6-shahar klinik shifoxonasi;
  • Mirobod tumanidagi 3-klinik shifoxona;
  • Sergeli tumanidagi shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 5-klinik shifoxona;
  • Olmazor tumanidagi 1-sil kasalliklari shifoxonasi;
  • Shahar shoshilinch yordam klinik shifoxonasi (Uchtepa va Chilonzor tumanlari);
  • Shayxontohur tumanidagi 1-klinik shifoxona;
  • Yashnobod tumanidagi 4-klinik shifoxona;
  • Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Statsionar qismi;
  • Yunusobod tumanidagi 7-klinik shifoxona.