«O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev lavozimidan ozod etildi. Agentlikka ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasini boshqarib kelayotgan Furqat Zokirov rahbar etib tayinlandi, deb xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali sayti.

«Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizayev «O‘zbekkino» bosh direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Nizomiy Mahmudov esa bosh direktorning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida qoldi.