O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Axborot xizmatining «Gazeta.uz» ga bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni hasharda soat 12:00 gacha 8,326 million kishi ishtirok etgan, ularning 5,3 million nafarini yoshlar tashkil etdi.

Yarim kun ichida umumiy maydoni 18,56 ming ga hudud obodonlashtirildi, 11,66 ming km ariq va lotoklar tozalandi, 6, 432 million tup daraxtga shakl berildi va oqlandi. 5400 dan ziyod qabriston va 423 ta ziyoratgoh tartibga keltirildi.

Hashar kunlaridagi odatga ko‘ra ehtiyojmand insonlarga yordam ko‘rsatiladi. Hozirgacha 10,39 ming oila, shundan jismoniy imkoniyati cheklangan 3010 fuqaro va yolg‘iz keksalarga muruvvat yordamlari ko‘rsatildi. 6124 ta oilaning 248,87 ming m. kv. uy-joylarining ta’mirlanishida yordam ko‘rsatildi.