Toshkent viloyati prokuraturasi 18 avgust kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda o‘zining tvp.uz saytini taqdim etdi. Uning asosiy vazifasi ochiqlikni ta’minlash va aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani o‘rnatishdan iborat.

Saytda amalga oshirilayotgan ishlar va eng shov-shuvli ishlar to‘g‘risidagi yangiliklar muntazam ravishda berib boriladi. Foydalanuvchilar mahkamaning virtual qabulxonasi orqali ariza, shikoyat va takliflarini yuborishlari, shuningdek huquqiy maslahat olishlari mumkin.

«Faoliyat» ruknida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi raqam va dalillar e’lon qilinadi.

Tashrif buyuruvchilar jamiyatdagi korrupsion hodisalar to‘g‘risidagi ijtimoiy so‘rovda anonim ravishda ishtirok etish orqali unga qarshi kurashda prokuraturaga yordam ko‘rsatishi mumkin.

Sayt bilan cheklanib qolmagan prokuratura Facebook va Davra ijtimoiy tarmoqlarida sahifa, Telegram messenjerida esa kanalini ochdi.