Talabalar uchun davlat grantini taqsimlash tartibi o‘zgaradi
7 may 2024, 11:01

Talabalar uchun davlat grantini taqsimlash tartibi o‘zgaradi

Endilikda OTMlarda davlat granti butun o‘qish davri uchun bir talabaga berilmay, har yili yuqori baholar olgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. “Grantga kirgan talaba keyingi o‘quv yilida ham grant uchun kurashishi kerak”, — dedi “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” direktori Adham Xudoyqulov.

Sirdaryoda o‘quvchilari sinfda klip tomosha qilgan maktab rahbariyati ishdan olindi
7 may 2024, 10:39

Sirdaryoda o‘quvchilari sinfda klip tomosha qilgan maktab rahbariyati ishdan olindi

Sardoba tumanidagi 5-maktabda o‘quvchilar Massa`ning “Dumba” klipini tomosha qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirgani uchun sinf rahbari, direktor va uning o‘rinbosari ishdan olinganini bildirdi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 20 mln so‘mdan beriladi
7 may 2024, 10:01

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 20 mln so‘mdan beriladi

Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushining barcha qatnashchilari va nogironlariga 20 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Moldovaning O‘zbekistondagi yangi elchisidan ishonch yorliqlari qabul qilindi
7 may 2024, 09:39

Moldovaning O‘zbekistondagi yangi elchisidan ishonch yorliqlari qabul qilindi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moldovaning yangi elchisi Valeriu Kiverdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Xitoy raisi so‘nggi besh yil ichida ilk bor Yevropaga tashrif buyurdi
7 may 2024, 09:27

Xitoy raisi so‘nggi besh yil ichida ilk bor Yevropaga tashrif buyurdi

Xitoy raisi Si Szinpin 2019-yildan beri ilk bor Yevropa bo‘ylab turnega chiqdi — u Fransiya, Serbiya va Vengriyaga tashrif buyuradi. Turne Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklari va Rossiyaning Ukraina bilan urushi tufayli keskinlashgan munosabatlar davriga to‘g‘ri keldi.

Xorazmdagi bog‘chada bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan olindi
7 may 2024, 08:49

Xorazmdagi bog‘chada bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan olindi

Gurlan tumanidagi 23-bog‘chada bir-biri bilan urishgan bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, ayni shu tarbiyachi e’tiborsizligi sababli boshqa bir holatda bolaning qo‘lini eshik qisib qolgani aniqlandi. Uning barmog‘iga igna tiqilmagan, balki davolash uchun maxsus sim qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etadi
6 may 2024, 21:06

Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida bo‘ladi, deya xabar berdi Kreml. Paradda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.

“Ayollar ketish uchun kuch topishi kerak”. Diyora Usmonova birinchi turmushida kaltaklangani haqida gapirdi
6 may 2024, 20:38

“Ayollar ketish uchun kuch topishi kerak”. Diyora Usmonova birinchi turmushida kaltaklangani haqida gapirdi

Tadbirkor Diyora Usmonova marhum Bobur Usmonov (Alisher Usmonovning jiyani) bilan birinchi turmushida bo‘lgan oiladagi zo‘ravonlik haqida gapirdi. “Zo‘ravonlik to‘rt yil davom etgan, miya chayqalishi, ko‘plab qonlar va ko‘karishlar paydo bo‘lgandi”, — dedi u.

Isroil Rafah aholisini evakuatsiya qilishni boshladi
6 may 2024, 19:43

Isroil Rafah aholisini evakuatsiya qilishni boshladi

Isroil sharqiy Rafahda jon saqlayotgan o‘n minglab g‘azoliklarni shahardagi ehtimoliy harbiy amaliyotlar fonida gumanitar hududga ko‘chib o‘tishga chaqirdi.

Yilning dastlabki 4 oyida davlat budjet defitsiti 25 trln so‘mdan oshdi
6 may 2024, 18:49

Yilning dastlabki 4 oyida davlat budjet defitsiti 25 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylari oralig‘ida davlat budjeti defitsiti 25 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Aprel oyidagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va aprel oyida muomalaga chiqarilgan Davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.

Fiskal intizom kelgusida inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi — MB
6 may 2024, 18:44

Fiskal intizom kelgusida inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi — MB

Markaziy bank kelgusida fiskal intizomga rioya qilinishi va budjet xarajatlarining yil boshida belgilangan darajalari doirasida amalga oshirilishi inflyatsiyaga talab tomondan qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida
6 may 2024, 18:12

“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoaning U-23 Osiyo kubogidagi natijalari va finaldagi Yaponiyaga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.

Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat qilgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana shu kabi jinoyatlarga qo‘l urdi
6 may 2024, 17:41

Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat qilgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana shu kabi jinoyatlarga qo‘l urdi

Antikorrupsiya agentligi kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyati uchun sudlangan shaxslar faoliyat olib borayotgani va takror jinoyatlar sodir etayotganini aniqladi. Xususun, pora bo‘yicha ushlanganlarning 33 nafari avval ham shunday jinoyat uchun sudlangan.

O‘zbekiston martda ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchilikni saqlab qoldi
6 may 2024, 17:29

O‘zbekiston martda ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchilikni saqlab qoldi

Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi.

Qashqadaryoda sel oqibatida ko‘prik qulab tushdi (video)
6 may 2024, 17:26

Qashqadaryoda sel oqibatida ko‘prik qulab tushdi (video)

Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryoda sel ko‘prikning asos poydevorini yuvib ketdi, oqibatda ko‘prik qulab tushdi. Yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgani aytildi.

Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
6 may 2024, 17:17

Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga bir necha bor tarsaki tushirgani aks etgan video va bolalardan birining qo‘liga igna kirgani surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Gaz va elektr tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?
6 may 2024, 17:11

Gaz va elektr tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?

Elektr energiyasi va gaz narxlarining oshishi inflyatsiyani qo‘shimcha 2,4 foiz punktga oshiradi, dori vositalari va ayrim kommunal xizmatlar uchun QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinishi esa 1 foiz punktga oshiradi, deya xabar qildi MB. Regulyator buning fonida aholi real daromadlarining biroz pasayishini kutmoqda.

IT startaplar va “shahar ichidagi shahar”: Qozog‘istonning yirik ishlab chiqaruvchisi Ӯzbekistonga nima taklif qildi?
6 may 2024, 17:00

IT startaplar va “shahar ichidagi shahar”: Qozog‘istonning yirik ishlab chiqaruvchisi Ӯzbekistonga nima taklif qildi?

III Xalqaro investitsiya forumi doirasida iqtisodiyot sohasidagi xalqaro ekspertlar, shuningdek, BI Group kompaniyasini o‘z ichiga olgan yirik xorijiy biznes vakillari “arzon” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha munozaralar o‘tkazildi.

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
6 may 2024, 15:45

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

9−11-may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.

Toshkentdan Qarshiga “Afrosiyob”ning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
6 may 2024, 15:36

Toshkentdan Qarshiga “Afrosiyob”ning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8, 9-may kunlari Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting