Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi
15 may 2024, 15:37

Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi

O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda.

Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi
15 may 2024, 15:31

Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi

Venesuela zamonaviy tarixda barcha muzliklarini yo‘qotgan birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi tufayli uning oxirgi muzligi — La Korona kutilganidan tezroq erib, muz maydoniga aylanib qoldi.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi
15 may 2024, 14:42

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour`ning birinchi bosqichi — Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 turnirida oltinchi o‘rinni egalladi va 11 ming dollar mukofot puli oldi. G‘olib Magnus Karlsen bo‘ldi.

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi
15 may 2024, 14:16

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi

Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Termiz erkin savdo zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
15 may 2024, 13:20

Termiz erkin savdo zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi. Savdoda so‘m bilan birga dollar, rubl, yevro va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda
15 may 2024, 12:43

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 16−22-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi
15 may 2024, 12:33

Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi

Birinchi chorakda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi sekinlashdi, lekin birlamchi bozorda yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, deya xabar berdi Markaziy bank. Mamlakat bo‘ylab ijara narxi (dollarda) biroz oshdi (+1,4 foiz), Toshkentda esa 9,2 foizga pasaydi. Poytaxtda yer narxi sotixiga 364 mln so‘mga yetdi.

Tojikiston shu oyda Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi — O‘zbekiston energetika vaziri
15 may 2024, 11:58

Tojikiston shu oyda Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi — O‘zbekiston energetika vaziri

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga may oyi oxirigacha qo‘shilishi kutilmoqda.

Farg‘onadagi “zapravka”da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
15 may 2024, 11:28

Farg‘onadagi “zapravka”da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Rishton tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi kompressor agregatlariga noqonuniy ulanib, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasini ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu 3,6 mlrd so‘mga teng. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi
15 may 2024, 10:45

Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi

Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda
15 may 2024, 10:44

YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiquvchilari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi
15 may 2024, 10:06

Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi

Urganch shahrida 17 yoshli yigit 5-qavatdan avtomashina ustiga quladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
15 may 2024, 00:54

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi
15 may 2024, 00:13

Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi

Qashqadaryoda otasining zo‘ravonligiga uchragan 16 va 14 yoshli qizlarning vaziyati bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi. Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, Qarshi shahri hokimi qarori bilan ularga xolasi vasiy etib tayinlangan.

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi
14 may 2024, 23:34

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish 3 yilga QQSdan ozod qilindi
14 may 2024, 23:18

Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish 3 yilga QQSdan ozod qilindi

Prezident imzolagan qonun bilan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan ozod qilindi. Shuningdek, dam olish mavsumidan boshqa vaqtda bolalar oromgohlarida xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlar foyda solig‘i to‘lamaydi.

2024-yilgi “Oltin qalam” mukofotining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
14 may 2024, 22:32

2024-yilgi “Oltin qalam” mukofotining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Bosh milliy mukofot g‘olibi — “UzReport TV” telekanali jamoasiga Tracker avtomobili topshirildi.

2024-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda QTEMning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 18 foizga yetadi — vazir
14 may 2024, 22:30

2024-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda QTEMning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 18 foizga yetadi — vazir

2024-yilda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmida 18 foizga yetkazish rejalashtirilgan, dedi energetika vaziri. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan birga Vengriya, Ruminiya va Yevropaning boshqa davlatlariga “yashil” energiya eksport qilinadi.

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yakuniy o‘qishda qabul qildi
14 may 2024, 21:07

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasini yakuniy o‘qishda qabul qildi

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini yakuniy o‘qishda ma’qulladi. Hujjatga qarshi ommaviy noroziliklar qariyb bir oy davom etdi. G‘arb davlatlari ham rasmiylarni tanqid qildi.

IFC Markaziy Osiyo startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi Sturgeon Capital fondiga 5 mln dollar investitsiya kiritadi
14 may 2024, 20:31

IFC Markaziy Osiyo startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi Sturgeon Capital fondiga 5 mln dollar investitsiya kiritadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi Sturgeon Capital nomli yangi fondga 5 million dollar ajratadi. Investitsiyalar Markaziy Osiyodagi texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting