30-yanvar kuni Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbarining matbuot xizmati tadbirdan suratlarni e’lon qildi.

Marosim Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tkazildi. Unda Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi. Shuningdek, sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova ham qatnashdi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.

Birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Foto:

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент

ислом каримов, президент