Toshkentning Uchtepa tumanidagi “Paxtakor” mahallasidagi ko‘cha nomlari ajoyib. Masalan, bu mahallaga Kichik halqa yo‘lidan kirmoqchi bo‘lsangiz, sizga yo Mergancha, yo Ko‘kyo‘ng‘ichqa ko‘chalari peshvoz chiqadi. Ichkarida Rafiq darvoz, Qizil Tokzor, Musobaqa, Kurash, Tarbiya degan ko‘chalar bor.

Mahallaning Ko‘kcha Darvoza ko‘chasiga tutash shimoliy qismi esa yanada ajoyib, eng qizig‘i, u aniq bir mavzuga yo‘naltirilgan: Ko‘kcha Darvozadan “Paxtakor” mahallasiga kirmoqchi bo‘lib, chapga burilsangiz, sizni, jumladan, ikkita Mars ko‘chasi kutib oladi. Shundan o‘ngga yursangiz ham Mars, chapga yursangiz ham Mars. To Quyosh nuri ko‘chasigacha shunday. Koinotda qanday bo‘lsa, bu yerda ham shunday — Quyosh nuri Marsga boradi va uni bir tomondan to‘liq qurshab oladi.

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

Nega bu ko‘chalar bunday — Quyosh nuri va Mars deb — nomlanishi noma’lum. Ma’lumi shuki, ikkisi ham kamida 1957-yil 20-sentabrdan beri shunday ataladi. Shu sanadan yana ikki hafta o‘tib, Sovet Ittifoqi insoniyat tarixida birinchi marta Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirgani yodga olinsa, kim bilsin, o‘sha vaqtlarda kosmik mavzu trendda bo‘lgandir. Faqat bu trendning kuchi ikkita ko‘chadan oshmagani chakki bo‘lgan.

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

Quyosh nuri — Toshkentning fayzli, ozoda, eng muhimi, quyosh nuridan to‘liq bahramand olish mumkin yorug‘ bo‘lgan ko‘chalaridan. Unga tutash va Eski shaharga xos egri-bugri berk ko‘chalarda, egalari hali qayta qurishga ulgurmagan bir qavatli xonadonlarda, xonadon oldidagi maydonchalarning temir panjarayu beton to‘siqlar bilan emas, bir zamonlardagidek izgiritlar bilan o‘rab olinganida o‘zgacha bir fayz, ajib bir iliqlik bordek.

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

космонавтика кuni, марс ko‘chasi, тошкент, тошкент ko‘chalari, тошкент маҳаллалари, quyosh nuri ko‘chasi

Mana shunday kayfiyatda Quyosh nuri — Mars ko‘chalari kesishmasiga kelib qoldik. Shu yerda ikki xil manzaraga guvohi bo‘lasan — Marsga burilish joyimizda, burchakda, qanchadan-qancha tarixlar guvohi bo‘lgan, ammo, aftidan, e’tiborsizlik oqibatidan biroz urinib qolgan, lekin o‘z davri uchun ancha-muncha baquvvat qilib qurilgan hovli-joy, Quyosh nuri ko‘chasining oxirida esa yangi zamonning baland-baland imoratlari.

Mars ko‘chasi va unga tutash Mars tor ko‘chalari va berk ko‘chalarida biz Quyosh nuri ko‘chasi bilan kesishmada ko‘rganimiz kabi kamida yarim asr avval qurilgan uylar ko‘p. Ularni tomosha qilib, avvallari uy qurishda qo‘llanilgan qiziq-qiziq jihatlarni kashf etasan. Masalan, darvozalarning o‘zidayoq o‘tirish joylari ko‘zda tutilgan. Ajoyib!

Marsdagi yana bir narsani alohida e’tirof etmoq joiz — hovlilar buzilib, qayta qurilayotganiga qaramay, yangi uy ko‘tarayotganlar ham uylar tagidan o‘tgan trotuarlarni saqlab qolayotgani, ularni ikki tomondan to‘sib, o‘z mulkining bir qismiga aylantirib olmayotgani — tahsinga sazovor.

Toshkentda nomi mana shunday qiziqarli ko‘chalar borligi va ularning o‘zi mana shunday fayzli va chiroyli ekani qanday ajoyib!