19-mart kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi. Prezident matbuot xizmati jarayondan surat va videolarni e’lon qildi.

Tadbirda Toshkent shahri jamoatchiligi, davlat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillari, yoshlar ham ishtirok etib, daraxt ekdi. Prezident bog‘ loyihasida qatnashayotgan investor va loyihachilar, chet ellik diplomatlar bilan muloqot qildi.

“Xalqimiz qayerda bo‘lsa, daraxt ekishga intilgan. Amir Temur Samarqand atrofida so‘lim bog‘lar barpo etgan, boshqa shaharlarni ham obod qilgan. Buyuk bobolarimizga munosib bo‘lib, bu ishlarni qilayapmiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

U boqqa kelgan yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Yoshlar bog‘ining maydoni 75 gektardan ziyod bo‘lib, hududi jihatidan Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bog‘ yettita katta hududga bo‘linadi. Markaziy xiyobonda turli maydonlar, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar barpo etiladi.

Boqqa birinchi bosqichda ming tupdan ziyod kashtan, eman, sharq chinori, qizil kurtak, magnoliya, gujum kabi manzarali daraxtlar hamda buta va gullar ekiladi. Loyiha yakuniga qadar ularning soni 20 ming tupga yetadi. Yana bir e’tiborli tomoni, bu bog‘da tabiiylik, o‘rmon shakli, ekzotik manzara hosil qilinadi. Bog‘ foydalanishga topshirilishi bilan 350 tadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Ochiq havoda ovqatlanish va qiziqarli mashg‘ulotlar uchun alohida joylar bo‘ladi. Musiqiy favvoralar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, san’at ko‘rgazmalari va lazer-shou imkoniyatlari yaratiladi. Bolalar uchun sport va o‘yin maydonlari, mashhur ertaklardagi qishloqlar, ustaxona, kutubxona tashkil etiladi. Sun’iy ko‘l, kanoe va suzish havzasi, baliq ovi dam oluvchilarga huzurbaxsh bo‘ladi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Foto

yoshlar bog‘и, президент, шавкат мирзиёев, яшил bog‘