Toshkent shahrida 28-mart tongida esishi kuchaygan shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi, shuningdek, bir necha daraxtlar qulab tushishi oqibatida mashinalar va turli obyektlarga zarar yetmoqda.

O‘zgidromet payshanba kuni uchun e’lon qilgan ob-havo prognozida poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi, shamol 5−10 m/s tezlikda esishi, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning yozishicha, poytaxtda anchadan buyon kuchli shamollar davomli bo‘lmayotgani bois hozirgi nam xavo oqimlari kirib kelishi frontoldi qismidagi shamollar qurt yegan, qulab tushish xavfi yuqori bo‘lgan daraxlarning sinib ketish ehtimolini oshirmoqda.

Poytaxt hokimligi favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212−69−80, (71) 212−69−82 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida ko‘rilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi.

Chilonzor tumanida daraxt butunlay sinib tushgani aytilmoqda. Lavhada odamlar bir ayolga daraxt qulayotgan joydan qochishni aytib, baqirayotgani eshitiladi.

Daraxt qulab, mashina ustiga tushgan:

Do‘kon va gaz trubasiga zarar yetgan:

Mirzo Ulug‘bek tumanida kuchli shamol oqibatida daraxt qulab, bir necha avtomobilga zarar yetgan.

Yunusobod tumani (Markaz-5), Spark ustiga daraxt qulab tushdi:

тошкент, shamol

Yangihayot tumanida (Sputnik) ham daraxtlar va shoxlar avtomashinalar ustiga qulagan, elektr simlari shikastlangan. Guvohlarning aytishicha, aholi jabrlanmagan.