Yakkasaroy hokimligi huquqshunosi tumandagi maktab basseynida vafot etdi. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 18-aprel kuni tushdan so‘ng 54 yoshli Yakkasaroy tumani hokimiyati xukuqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etgan.

Kun.uz xabariga ko‘ra, o‘sha kuni hokimlik xodimlari uchun ziyofat tadbiri o‘tkazilgan. Unda spirtli ichimliklar iste’mol qilingan bo‘lishi mumkin. Tadbir yakunlangach, hokimning ikki o‘rinbosari hamda yuristi maishatni tumandagi 160-sonli bolalar va o‘smirlar maktabiga tegishliligi aytilayotgan basseynda davom ettirishgan. Basseynda cho‘milish chog‘ida hokimlik yuriskonsultining sog‘ligi yomonlashib, vafot etgani aytilmoqda.

Nashrning yozishicha, 22-aprel kuni Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning qaroriga ko‘ra marhum (Nodir Akbarov) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning vafot etgani munosabati bilan bekor qilingan.

бош прокуратура, vafot etdi, яккасарой tumani, hokimiят xukuqshunosi

Bloger Nikita Makarenkoga maktab direktorining ma’lum qilishicha, basseyn maktabga emas Sport vazirligiga tegishli bo‘lgan.