Dubay oilaviy dam olish uchun haqli ravishda eng yaxshi yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulay reys yo‘lga qo‘yilgan. Amirlikdagi hordiq turlari va ko‘ngilochar o‘yinlar shu darajada turli-tumanki, bir ta’til davomida hammasini ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Kelajakka sayohat deysizmi yoki tezyurar yo‘lda sayr qilishmi, bularning hech biri fantastika emas, bu — Dubay. Dubayning Iqtisodiyot va turizm departamenti mehmonlarni xayratda koldiruvchi borib ko‘rishga arzigulik manzillar haqida ma’lumot beradi.

Kelajak muzeyi

Ota-onalar arxitektor Shon Killa loyihasi bo‘yicha qurilgan g‘aroyib Kelajak muzeyi fasadidagi naqshlarni ko‘zdan kechirayotgan bir paytda oilaning kichik a’zolari ichkariga kirib, robotlar bilan uchrashishni intiqib kutishadi: muzeyda yoqimtoy robot it “yashaydi”, shift ostida esa uchuvchi delfinni ko‘rish mumkin. Zallar bo‘ylab ekskursiya vaqt mashinasini eslatadi, u mehmonlarni 2071-yilga olib o‘tadi. Bu yerda ko‘chalarda g‘aroyib dizaynli avtomobillar yuradi, fazoni tadqiq qilish ishlari esa yangi darajaga ko‘tarilgan. Bolalar uchun maxsus Future Heroes zonasi mavjud bo‘lib, bu yerda ular o‘ynashlari, o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin.

Atlantis Aquaventure akvaparki, The Palm

Agar oilangiz suv attraksionlarini yaxshi ko‘rsa, dunyodagi eng katta akvaparklardan biri Atlantis Aquaventure e’tiboringizni tortishi aniq. Undagi attraksionlar turli yoshdagi mehmonlarga mo‘ljallangan: kichkintoylardan tortib, kattalargacha. Akvapark hududida uzunligi 2 km keladigan daryo bor, unda kemada sun’iy oqimlarni yengib suzib o‘tish va bir vaqtning o‘zida butun akvapark hududini tomosha qilish mumkin. Yuqoridan turib tomosha qilishni yoqtirganlar uchunakvapark ustidan zip-layn o‘tkazilgan. Shuningdek, bu yerda dengizga chiqadigan o‘z plyaji va butun oila uchun turli-tuman taomlar tanloviga ega fudkort bor.

visit dubai, реклама

AYA Universe

AYA Universe — fazoga chiqish taassurotlarini beradigan yangi ko‘ngilochar bino. Bu yerga kirgan kishi boshqa sayyoraga tushib qolganday bo‘ladi: rangli daryo va pastdan yuqoriga qarab oquvchi sharshara. Manzara “Avatar” filmini estaladi, hatto mashhur Eyva daraxti ham bor. Atrofdagi ko‘p sonli ko‘zgular va nur illyuziyalari boshingizni aylantiradi, ba’zida tom ma’noda. Mehmonlar o‘zlari bilan birga yorqin taassurotlar va rang-barang fotosuratlarni olib ketishlari mumkin.

visit dubai, реклама

Green Planet

Green Planet — bu hayvonlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun to‘rt qavatli bino. Markazida 25 metrli daraxt mavjud, unda qushlar uya qurgan. Ular zoobog‘ bo‘ylab erkin uchib yuradi va hatto biror mehmonning yelkasiga qo‘nib olishi ham mumkin. Qanotlilardan tashqari, bu yerda lemurlar, maymunlar, iguanalar va boshqa hayvonlar ham yashaydi. Terrariumda ilonlar va kaltakesaklarni kuzatish taklif qilinadi. Har kuni soat 13:00 da suv sepiladi, shu bois bemalol yomg‘ir ostida sayr qilish imkoniyati ham mavjud. Bolalar uchun muntazam ravishda bilimlarni oshiradigan ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tkaziladi, kattalar uchun esa — yoga va meditatsiya mashg‘ulotlari.

visit dubai, реклама

Dubay akvariumi

Dubai Mall majmuasida dunyodagi eng katta akvariumlardan biri joylashgan. U 10 mln litr suvga mo‘ljallangan bo‘lib, hatto Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Akvarium ostida tashrif buyuruvchilar uchun shisha tunnel o‘tkazilgan. Ular bu yerdan minglab dengiz jonivorlarini, xususan, dengiz otlari, piranyalar, murenalar va, albatta, akulalarni kuzatishlari mumkin.

Dubai Parks and Resorts

Dubai Parks and Resorts uchta tematik park va akvaparkni bir hududda birlashtiradi. Legoland o‘yinchoqlar shahri bo‘ylab g‘aroyib mashinalarda sayr qilish va Birlashgan Arab Amirliklarining legodan yig‘ilgan diqqatga sazovor joylarining nusxalarini tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, bolalarga ularning sevimli konstruktor o‘yinchog‘ining detallari qanday ishlab chiqarilishi namoyish etiladi.

Motiongate — kino ixlosmandlari uchun jannat. Ushbu bog‘ DreamWorks Animation, Columbia Pictures va Lionsgate kabi Gollivud studiyalarining filmlariga bag‘ishlangan. Bu yerda tasvirga olish maydonchalarini ichkaridan tomosha qilish, ajdarni qo‘lga o‘rgatish va Smurflar qishlog‘ida bo‘lish mumkin. So‘ngra 2−12 yoshli bolalari bor oilalarga mo‘ljallangan Legoland Water Park akvaparkida suv gorkalarida uchishga yo‘l olsa bo‘ladi.

Yaqinda Dubai Parks and Resorts`da futbol parki Real Madrid World ochildi. U sayyohlarga 40 dan ortiq noodatiy attraksionlar, qiziqarli o‘yin-kulgilar, ispan futbol klubining g‘alabalariga bag‘ishlangan yog‘ochli original amerika gorkasi, shuningdek, futbol klubining qadrli joylari — Madriddagi kiyinish xonasi va “Santyago Bernabeu” futbol maydoniga kirish imkoniyatini taqdim etadi.

visit dubai, реклама

IMG Worlds of Adventure

Mavzuli IMG Worlds of Adventure ko‘ngilochar bog‘ini filmlar va multfilmlarni yoqtiruvchilar munosib baholashi shubhasiz. Bu yerda ekstremallik darajasi turlicha bo‘lgan attraksionlar franshizalarning mashhur qahramonlariga, jumladan, Marvel olami personajlariga bag‘ishlangan. Bog‘ maydoni 28 ta futbol stadionini sig‘diradi, bu yerda haqiqatdan ham sayr qilishga joy yetarli.

Sahro bo‘ylab safari

Sahro haqiqatdan ham Dubayning tashrif qog‘ozi, shu bois osmono‘par binolar yog‘dusidan zavqlanib bo‘lgandan so‘ng, qumtepaliklar oralab sayr qilishning ayni vaqti. Bu bilan erta tongda, hali jazirama issiq boshlanmasidan oldin yoki botayotgan quyosh fonida chiroyli fotosuratlarni olish uchun kechga yaqin shug‘ullanish mumkin. Yurganida g‘ildiraklari ostidan qum otilib chiqadigan baquvvat jip mashinalaridan tashqari, sizda sahro kemalari hisoblangan tuyalarda sayr qilish, so‘ngra badaviylar uslubida nonushta qilish yoki kechki ovqat tanovul qilish imkoniyati bo‘ladi.

visit dubai, реклама

Qorong‘i tushganidan keyin esa bosh uzra qorong‘u osmonda chaqnab turgan yulduzlarni ko‘rish uchun osmonga qarasangiz bas. Platinum Heritage kompaniyasi har qanday didga mos keladigan turlarning katta tanlovini taklif qiladi.

Global Village

Global Village — bu musiqa tinglash, qiziqarli dunyo taomlarini tatib ko‘rish, shoping qilish, esdalik sovg‘alar xarid qilish, lazer shousini tomosha qilish, charxpalakda yoki boshqa attraksionlarda uchish mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar majmua. Global Village hududidan sun’iy daryo oqib o‘tadi, unda kemachalarda sayr qilish mumkin. Bayram kunlarida esa Global qishlog‘ida doim rang-barang feyerverklar uyushtiriladi.

Dubai Miracle Garden

Dubai Miracle Garden dunyodagi eng chiroyli bog‘lardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 7 gektar maydonni gullardan yasalgan haykallar bezab turadi, ularni yaratish uchun 150 millionta o‘simlikdan foydalanilgan. Installyatsiyalar shakllarining turli-tumanligi va yorqin ranglari bilan kishini hayratga soladi. Bu yerda hatto Emirates aviakompaniyasining gullardan yaratilgan ikki qavatli A380 samolyoti, vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatadigan gulsoat va fotosessiyalar uchun kungaboqarlar dalasi ham bor.

visit dubai, реклама

Bounce Dubai

Bounce Dubai batutli bog‘ida bolalar va kattalar uchun yuzdan ortiq batutlar o‘zaro bog‘langan. Sakrab bo‘lib, basketbol o‘ynash va hatto devor bo‘ylab sayr qilish mumkin. Butun oila uchun ajoyib mashg‘ulot. Batutli bog‘dan so‘ng nafaqat yaxshi kayfiyat, balki chuqur sog‘lom uyqu ham kafolatlanadi.

Sayt: visitdubai.com

Reklama xuquqlari asosida.