Endilikda Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi, yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi va ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga tegishli yangi qoidalar joriy etilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

“Parvoz oldidan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda yo‘lovchilardan aeroportga oldindan yetib kelishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.