O‘zbekistonda 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 205 713 nafarni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga kam. Bu haqda Statistika agentligi choraklik hisobotda ma’lum qildi.

Mamlakatda o‘lim holatlari ko‘paygan. 2024-yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga oshib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Aholining tabiiy o‘sishi ham 6 foizga kamayib, 165 ming 516 nafarni tashkil qildi.

Aholining o‘rtacha yoshi erkaklarda 28,5 yoshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2014-yil 27,3 yosh, 2004-yil esa 24,8 yoshni tashkil etgan. Ayollarning o‘rtacha yoshi esa 30 yoshni tashkil qilgan. Ayollarning o‘rtacha yoshi 2014-yil 28,6 yosh, 2004-yil esa 26,1 yoshni tashkil qilgan.

aholi, демография, статистика agentligi

Aholi zichligi

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2023-yil 1-aprel holatiga 1 kv kilometrga 80,6 kishi).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6826,7 kishi, Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

aholi, демография, статистика agentligi


Tug‘ilish

2024-yil yanvar-mart oylarida tirik tug‘ilganlar soni 205,7 ming kishini tashkil etdi, shundan o‘g‘il bolalar soni 106,6 ming kishini, qiz bolalar soni 99,1 ming kishi, tirik tug‘ilganlar soni shahar joylarida 104,7 ming kishini, qishloq joylarida 101,0 ming kishini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan tug‘ilishlarni chaqaloqlar soni bo‘yicha tahlil etilganda quyidagi ulushga ega bo‘lganligi kuzatildi: 1 nafar tug‘ilganlar 97,7 foizni, 2 nafar tug‘ilganlar 2,2 foizni, 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar 0,1 foizni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 7 foiz chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 83,2 foizining otasi 25−39 yoshlarga hamda 9,8 foiz chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha 35,9 foiz chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 62,7 foizining onasi 25−39 yoshlarga hamda 1,4 foiz chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.

aholi, демография, статистика agentligi

O‘lim

2024-yil yanvar-mart oylarida vafot etganlar soni 40,2 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 21,9 ming kishini, ayollar soni 18,3 ming kishi, vafot etganlar soni shahar joylarida 22,5 ming kishini, qishloq joylarida 17,7 ming kishini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 57,9 foizi — qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 7,5 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 9,1 foizi — o‘simtalardan, 4,5 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,2 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,7 foizi boshqa kasalliklardan vafot etganlar.

aholi, демография, статистика agentligi

Tashqi migratsiya

2024-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 561 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 266 kishini, (47,4 foiz) ayollar soni esa 295 kishini (52,6 foiz) tashkil etdi.

O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 37,4 foiz), Qozog‘iston (21,9%), Tojikiston (11,2 foiz), Qirg‘iziston (8,0 foiz), Turkmaniston (1,4 foiz) va boshqa mamlakatlar (20,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 2586 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 1 323 kishini, (51,2 foiz) ayollar soni esa 1 263 kishini (48,8 foiz) tashkil etdi.

O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami 82,2 foiz), Rossiya Federatsiyasi (13,8 foiz), Janubiy koreya (0,8 foiz), Qirg‘iziston (0,9 foiz), Turkmaniston (0,3 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,0 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.