Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar qildi Uzbekistan Airways.

Parvozlar 3-iyundan boshlab dushanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonlama aviachiptalar narxi 2 463 000, Nukus — Istanbul — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 582 000 so‘mdan boshlanadi.

Kompaniya aviachiptalarni www.uzairways.com veb-saytida, mobil ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishidagi aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yish prezidentning 9-fevraldagi Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgandi.