Janubiy Koreyaning Xvason shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar dasturida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi. Yakkalik bahslarida Samira Abzalova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, qizlardan Samira Abzalova, Mehriniso Qahramonova hamda Mubina Qodirjonova jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.