O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov dinamik (onlayn) reytingda dunyoning eng kuchli besh nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi (fevral oyi natijalariga ko‘ra, Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingida 11-o‘rinni egallab turibdi).

нодирбек абдuсатторов, shaxmat

U 27-fevraldan 7-martgacha Praga shahrida bo‘lib o‘tayotgan Prague International Chess Festival (klassik shaxmat festivali) superturniri doirasida o‘z reytingini yaxshiladi.

O‘zbekistonlik sportchi grossmeysterlar: Tay Day Van Nguyen, David Navara va Mateush Bartel ustidan uchta g‘alabaga erishdi. U o‘z reytingini 11,1 Elo balliga oshirdi va jahon reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa, 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov Alireza Firuzdja va Yan Nepomnyashiydan o‘tib ketdi. Uni jahon chempioni Din Lijendan bir ochko ham ajratib turmayapti.

Avval xabar berganimizdek, Nodirbek Abdusattorov o‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘rtasida rekord o‘rnatgan: bir yil avval u eng yuqori reytingga ega o‘zbekistonlik bo‘lgandi, endi esa jahonning kuchli o‘ntaligiga kirdi. Bungacha faqat Rustam Qosimjonov 2715 ball bilan 11-o‘rinni egallagan edi.

Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan dunyoning eng yaxshi yosh shaxmatchilari reytingida ham birinchi o‘rinni egallagandi.

Prague Chess Festival 2024 — Nomzodlar turnirининг uch nafar qatnashchisi: Pragnanandha Rameshbabu, Vidit Santosh Gudjrati va Gukesh Dommaradju ishtirokidagi 19-toifadagi superturnir. Ulardan tashqari, Nodirbek Abdusattorov, Vinsent Kaymer, Rihard Rapport, Parham Magsudlu, o‘n karra Chexiya chempioni David Navara, to‘rt karra Polsha chempioni Mateush Bartel, shuningdek, yana bir mahalliy vakil Tay Day Van Nguyen ham o‘ynamoqda.

Turnir o‘rtacha 2710 ishtirokchi reytingiga ega bo‘lgan 19-toifaga ega bo‘ldi (Veyk-an-Zeyedagi bilan bir xil). Turnir davraviy tarzda o‘tkaziladi, 9 turdan iborat. Vaqt nazorati: 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, so‘ng o‘yin oxirigacha 30 daqiqa + birinchisidan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya.

Yanvar oyida Nodirbek Abdusattorov elita shaxmatchilari bilan birga Tata Steel Chess superturnirida qatnashgandi. U musobaqa davomida 13 turdan ortiq o‘yin o‘tkazib, oltita g‘alaba, beshta durang, ikkita mag‘lubiyat qayd etgandi. “Gazeta.uz” ushbu turnir o‘zbekistonlik sportchi uchun qanday kechgani haqida yozgan.