Ijtimoiy tarmoqlarda bir gala qo‘ylar jasadini yuk mashinasidan chuqurlikka to‘kilib ketilayotgani videosi tarqaldi. Holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 29−30-aprel, 1-may kunlarida yog‘ingarchilikni ko‘p bo‘lishi oqibatida Sherobod tumanining “Bog‘iobod” mahallasi hududiga kuchli sel kelgan.

Oqibatda mahalladagi qishloqqa adirlikdan kelgan kuchli sel qo‘radagi 360 bosh qo‘y nobud bo‘lgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan hududda hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib ko‘mildi.