Armanistonda o‘tkazilgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston sportchilari 11 ta medal — 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Turnirning jamoaviy bahslarida rossiyalik bokschilar birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Armaniston terma jamoasi egalladi.

Oltin medal:

  • -57 kg: Sevara Mamatova;
  • +80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova;
  • -60 kg: Feruzjon Sa’dullayev;
  • +80 kg: Islom Salihov.

Kumush medal:

  • -46 kg: Maftuna Musurmonova;
  • -75 kg: Maftuna Yangiyeva;
  • -63 kg: Hikmatillo O‘lmasov.

Bronza medal:

  • -46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov;
  • -66 kg: Akbar Ahmadov;
  • -50 kg: Husan Qahhorov;
  • -70 kg: Norbek Abdullayev.